1

Minglab namoyishchilar ko`chada: Ozarbayjonda ziddiyatlar kuchaymoqda

Dunyo 15.07.2020, 18:22
Minglab namoyishchilar ko`chada: Ozarbayjonda ziddiyatlar kuchaymoqda

Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku markazida "Karantinni to`xtating”, “Urush boshlansin", “Qorabog` ozod etilsin”, “Shahidlar o`lmaydilar” shiorlari ostida minglab namoyishchilar ko`chalarga chiqdilar. Mingdan ortiq kishi Ozarbayjon parlamenti binosi oldida mamlakat armiyasini qo`llab-quvvatlash uchun to`plandi. Namoyishchilar hokimiyatdan ularga qurol berishni talab qilishdi.

Bir necha kishi parlament binosiga kirishga muvaffaq bo`lib, binoning ichki qismiga zarar etkazdi.  Polisiya olomonni tinchlantirish uchun suv purkagichdan foydalanishga majbur bo`ldi.

Tog`li Qorabog`dagi qarama-qarshiliklar 12 iyul kuni kuchaydi. Bokuda ziddiyatlar oqibatida 11 nafar xarbiyning halok bo`lgani xabar qilindi.

Erevanda esa rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, to`rt nafar askar va ofiser qurbon bo`lgan.

Sharhlar

Меҳмон 15.07.2020, 15:33
МИД Узбекистана выразил обеспокоенность ситуацией на границе Азербайджана и Армении Про народ перестали беспокоиться?!
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1