O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati bayonoti e`lon qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Ozarbayjon-Armaniston chegarasida insonlarning qurbon bo`lishiga olib kelgan vaziyatdan jiddiy tashvishda ekanligini bildiradi.
Mazkur hududdagi holatning yanada keskinlashishi tinch aholi orasida qurbonlar bo`lishiga olib kelishi, MDH hududidagi muhim iqtisodiy aloqalar va kommunikasiyalarni buzishi, mintaqaviy xavfsizlikka zarar etkazishi mumkin.
O`zbekiston tomonlarning o`ta sabr-toqatli bo`lishi tarafdori va holatni barqarorlashtirish hamda mazkur vaziyatdan chiqish uchun siyosiy-diplomatik muzokaralarga chaqiradi.
Shu o`rinda, halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildiramiz.






