AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalingan toshkentlik bemor vafot etdi. U bor yo`g`i 36 yoshda edi...

'Koronavirusga chalingan toshkentlik bemor vafot etdi. U bor yo`g`i 36 yoshda edi...'ning rasmi

SSV xabariga ko`ra Olmazor tumanida yashovchi 36 yoshli Sh.A. tana harorati ko`tarilishi, umumiy holsizlik sababli Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo`limi poliklinikasiga murojaat qilgan.

Shundan so`ng “COVID-19” infeksiyasiga namuna topshirgan va 13 iyul kuni kasallik tasdiqlangan.

Bemor Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo`limi poliklinikasi tomonidan tibbiy kuzatuvda bo`lgan.

So`nggi kunlarda bemorning tana harorati tushmagan. U o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar