1

Koronavirusdan davolanayotganlar safiga yana 115 nafar bemor qo`shildi

Jamiyat 16.07.2020, 00:26
Koronavirusdan davolanayotganlar safiga yana 115 nafar bemor qo`shildi

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha, 2020 yil 15 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14581 (+115) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 31 nafari Andijon viloyatida, 15 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 135 nafar, Qashqadaryo viloyatida 97 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Surxondaryo viloyatida 34 nafar, Jizzax viloyatida 9 nafar hamda Farg`ona viloyatida 4 nafar, jami 328 nafar bemor tuzaldi.  

Shunday qilib yurtimizda 8655 (+328) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 5855 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1