Prezidentning tegishli qaroriga asosan Abduhakim Mo`minovich Xadjibaev Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Vazirlik Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Bu haqda kecha,15 iyul kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog`liq vaziyat muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida ham ma`lum qilingan.
A.Xadjibaev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimida faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi. A.Xadjibaev shu tariqa mazkur lavozimga uchinchi bor tayinlandi.






