AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati va poytaxtda 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil qilish ko`rsatmasi berildi

'Toshkent viloyati va poytaxtda 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil qilish ko`rsatmasi berildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog`liq vaziyat muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazdi.

Yig`ilishda ta`kidlanganidek, aholi koronavirus va boshqa kasalliklar bo`yicha qaerga borib murojaat qilishni va davolanishni bilmay, sarson bo`lmoqda. Shoshilinch tibbiy yordamga qo`ng`iroq qilib tushish qiyinlashib ketgan.

Virus yuqtirganlar soni poytaxtda 4092 tani va Toshkent viloyatida 1498 tani tashkil etmoqda. Bu butun mamlakat bo`yicha kasallarning 40 foizi deganidir. Toshkent shahrida koronavirusdan o`lim soni ham keskin ko`payib, 45 taga etgan.

Respublika maxsus komissiyasiga bu ikki hududda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash va aholini davolash ishlariga aloqador barcha vazirlik va idoralar, yirik tibbiyot muassasalari rahbarlaridan iborat 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil qilish ko`rsatmasi berildi.  

Ushbu shtablar vaziyatni real vaqt rejimida nazorat qilib, yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish choralarini ko`radi.

Shuningdek, Toshkent shahri va poytaxt viloyatidagi poliklinikalar huzuridagi mobil guruhlar sonini uch barobar ko`paytirish vazifasi yuklatildi.

Zangiota tumanida yaqinda ish boshlagan shifoxonadagi joy sonini yana 1000 o`ringa ko`paytirish topshirig`i berildi.

    Boshqa yangiliklar