1

JSST koronavirus bo`yicha Turkmanistondagi o`n kunlik missiyasini tugatdi: nimalar aniqlandi?

Dunyo 16.07.2020, 08:41
JSST koronavirus bo`yicha Turkmanistondagi o`n kunlik missiyasini tugatdi: nimalar aniqlandi?

Shu paytga qadar Turkmanistonda birorta ham koronavirus holati rasman qayd etilmaganligi aytib kelinmoqda. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ekspertlari koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatdagi vaziyatni baholash uchun 6 iyul kuni Turkmanistonga etib kelishgandi. Kecha, ya`ni 15 iyul kuni olib borgan ishlari bo`yicha o`z xulosalarini bildirishdi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining Evropa mintaqaviy byurosi favqulodda vaziyatlar bo`yicha etakchi mutaxassisi doktor Katrin Smolvudning so`zlariga ko`ra, Turkmaniston sog`liqni saqlash tizimi koronavirusga qarshi kurashish uchun yaxshi tayyorgarlik ko`rgan.

JSST delegasiyasi o`tgan hafta dushanba kuni o`n kunga Turkmanistonga tashrif buyurgandi.

«Turkmaniston sog`liqni saqlash tizimi COVID-19 ga qarshi kurashish uchun yaxshi tayyorgarlik ko`rgan. Biz Turkmaniston sog`liqni saqlash infratuzilmasi har qanday kasallikning keng tarqalishi va ko`payishiga dosh bera olishi uchun favqulodda rejalarni faollashtirishni va ushbu tizimni butun mamlakat bo`ylab yanada kuchaytirishni tavsiya etamiz», — dedi Smolvud JSSTning respublika bo`ylab missiyasi yakuniga bag`ishlangan press-brifingda.

U, shuningdek, tibbiyot xodimlarini tinimsiz o`qitish va ularni himoya qilish bo`yicha chora ko`rish kerakligini ta`kidlagan.

«Biz turli darajadagi uch-to`rtta shifoxonaga tashrif buyurdik. Yuqumli va ko`p tarmoqli gospitallar shular jumlasidan. Turkmaniston yaxshi shifoxonalar infratuzilmasiga ega, deb ayta olamiz. Ular juda yaxshi jihozlangan. Biz respiratorli kasalliklardan qiynalayotgan ko`p bemorlarni ko`rmadik, shifoxonalar ham to`lib-toshmagan. Shunga ko`ra hammasi koronavirus bemorlarini qabul qilishga tayyor», — deb qo`shib qo`ydi JSST eksperti.

Turkmaniston hukumati mamlakatda yangi tipdagi koronavirus bilan bog`liq birorta ham holat qayd etilmaganini xabar bergan. Shu bilan birga, sog`liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi mulkchilik shaklidan qat`i nazar, mamlakatdagi barcha korxona, tashkilot va muassasa xodimlarini yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo`yicha chora-tadbirlarga amal qilishga chaqirgan. Bu chora-tadbirlar tibbiy niqob taqish, qo`lqop kiyish, transport, xona, qo`llarni muntazam dezinfeksiya qilishdan iborat.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1