1

Bo`stonliqdagi davlat tashkilotlariga tegishli sanatoriylar xususiy sektorga sotiladi

Jamiyat 16.07.2020, 08:57
Bo`stonliqdagi davlat tashkilotlariga tegishli sanatoriylar xususiy sektorga sotiladi

“Er resurslari va davlat mulki ob`ektlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.  

 Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 noyabrdan boshlab Soliq kodeksi bilan berilgan quyidagi imtiyozlar bekor qilinadi:

Er solig`i bo`yicha quyidagilar tomonidan egallangan er uchastkalari:

•  sog`lomlashtirish hamda dam olish joylari, xususan dam olish uylari;

•  aholining ommaviy dam olishi va turizm uchun joylar, agar ular tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan bo`lsa;

•  sanatoriy-kurort ob`ektlari, agar ular turistik zonalarda joylashgan bo`lsa;

Mol-mulk solig`i bo`yicha sanatoriy-kurort xizmatlari ko`rsatish uchun foydalaniladigan ko`chmas mulk ob`ektlari, agar ular turistik zonalarda joylashgan bo`lsa.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga turistik zonalarda alohida sanatoriy-kurort ob`ektlari egallagan erlar uchun mol-mulk va er solig`ining kamaytirilgan stavkalarini qo`llash yoki ushbu soliqlarni to`lashdan ozod qilish vakolati berildi.

2020 yil 1 sentyabrga qadar Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida joylashgan byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxslarga tegishli bo`lgan idoraviy dam olish uylari, pansionatlar,  sanatoriylar va boshqa ob`ektlarni (bolalar dam olish lageridan tashqari) xususiy sektorga sotish bo`yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

Shuningdek, 2021 yil uchun Davlat byudjeti loyihasini tayyorlashda respublikaning turistik zonalaridagi alohida er uchastkalari, shu jumladan jismoniy shaxslar foydalanishida bo`lgan 1 gektardan ortiq er uchastkalari uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan er solig`ining 3 baravarigacha oshirilgan stavkasini belgilash ko`zda tutiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1