1

12 iyul kuni og`ir ahvolda olib kelingan yunusobodlik 55 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 16.07.2020, 09:45
12 iyul kuni og`ir ahvolda olib kelingan yunusobodlik 55 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Yunusobod tumanida yashovchi 55 yoshli Sh.A. (erkak) joriy yilning 12 iyul kuni 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasidan og`ir ahvolda tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota tuman ko`p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. Ahvoli o`ta og`irligi sababli bemor zudlik bilan reanimasiya bo`limiga yotqizilgan hamda sun`iy nafas olish  apparatiga ulangan.

Unga “COVID-19” infeksiyasi o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir nafas etishmovchiligi bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, surunkali buyrak etishmovchiligi hamroh kasalliklari bilan ham og`rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas, surunkali jigar-buyrak hamda o`pka-yurak etishmovchiligidan vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1