1

Bir kechada O`zbekistonda yana 206 kishida koronaviurs aniqlandi

Jamiyat 16.07.2020, 10:02
Bir kechada O`zbekistonda yana 206 kishida koronaviurs aniqlandi

2020 yil 16 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14787 (+206) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 53 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 101 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 35 nafari Surxondaryo viloyatida, 17 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 8655 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 6060 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 60 nafari og`ir, 7 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1