1

O`zbekistonga COVID-19'ga qarshi Yaponiyada ishlab chiqarilgan dori vositalari olib kelindi — Alisher Shodmonov

Jamiyat 16.07.2020, 10:20
O`zbekistonga COVID-19'ga qarshi Yaponiyada ishlab chiqarilgan dori vositalari olib kelindi — Alisher Shodmonov

O`zbekistonga 200 ming qadoq Yaponiyada ishlab chiqarilgan «Avigan» (favipiravir) dori vositasi keltirildi. Bu haqda O`zbekiston sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ma`lum qildi, deb  yozmoqda "Dori-Darmon" AK matbuot xizmati.

Shodmonovning bildirishicha, har bitta tez yordam stansiyasida qo`shimcha tez yordam brigadalari, poliklinikalarda mobil guruhlar tashkil etiladi hamda uyida davolanayotgan bemorlarga sifatli yordam ko`rsatish tizimi yo`lga qo`yiladi.

«Shifoxonada va uyida davolanayotgan barcha bemorlar uchun oliy ta`lim muaasasalari va respublika markazlaridagi etakchi olim va mutaxassislarni biriktirish vazifasi qo`yildi.

Bundan tashqari, aholi orasida sarosimani kamaytirish nuqtai nazaridan koll-markazlar soni hamda ularda ishlaydigan xodimlar sonini ko`paytirish bo`yicha topshiriqlar berildi.

Kuni kecha mamlakatimizga 200 ming qadoq Yaponiyada ishlab chiqarilgan, eng samarali dorilardan biri bo`lgan «Avigan» dorisi keltirildi. Shifoxonalardagi bemorlarimiz uchun etarli miqdorda dorilar mavjud.

Bundan tashqari, prezidentimiz tomonidan har bir viloyat, har bir tumanda dori-darmon zaxiralarini yaratish topshirig`i berildi», dedi Alisher Shodmonov 15 iyuldagi prezident videoselektoridan so`ng.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1