1

Qo`shni erkakka rashk qilgan er jinoyatga qo`l urdi

Jamiyat 16.07.2020, 10:50
Qo`shni  erkakka rashk qilgan er jinoyatga qo`l urdi

2020 yilning 29 iyun kuni soat 20:00 da Beshariq tumanida yashovchi 41 yoshli D.P., qo`shnisi 42 yoshli R.I. uning turmush o`rtog`i bilan qo`l uzatib so`rashmoqchi bo`lib, unga iliq munosabatda bo`lganligidan xabardor bo`ladi. So`ng o`zining yashash hovlisiga kirib, turmush o`rtog`i orqasidan o`zaro og`zaki tortishib, tortishuv davomida beton zina ustida turgan I.R., ning ikkala  qo`li bilan elkasidan qasddan urib itarib yuborib, uni zinadan erga yiqitib, I.R., ga tan jarohati etkazgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

O`tkazilgan sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, I.R. «OG`IR» tan jarohat olganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1