Test namunalari tahlillarini uzog`i bilan ertasi kuniga chiqarib berish choralari ko`riladi — Nig`matilla Yo`ldoshev

Jamiyat 16.07.2020, 11:26
Test namunalari tahlillarini uzog`i bilan ertasi kuniga chiqarib berish choralari ko`riladi —  Nig`matilla Yo`ldoshev

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig`matilla Yo`ldoshev 15 iyul kuni prezident videoselektoridan so`ng bergan intervyusida Davlat rahbari tomonidan berilgan muhim topshiriqlarni sanab o`tdi.

«Birinchi topshiriq shundan iborat bo`ldiki, fuqarolarimiz o`zi bezovta bo`layotgan holatlar yuzasidan tibbiyot muassasalariga 103 raqami orqali tez yordamga murojaat qilishlarida biron bir bandlik holatlari bo`lmasligi to`g`risida topshiriq berdilar.

Bu borada tegishli davlat organlarining imkoniyatlarini ishga solgan holda, murojaatlarni qabul qilish, o`z vaqtida o`rganish va birlamchi tibbiy yordamni o`z vaqtida ko`rsatish choralari ko`riladi.

Bundan buyon har bir fuqaromiz «103»ga murojaat qilganda, bandlik holatlari, ayniqsa uzoq vaqt band bo`lish holatlariga mutlaqo chek qo`yiladi.

Ikkinchi topshiriq – tez tibbiy yordam xizmatini yana kuchaytirish. Bu borada tegishli malakali tibbiyot xodimlari, tibbiy texnika vositalari va transport vositalarini yanada ko`paytirish, aholiga qulay tez yordam ko`rsatish vazifasi oldimizga qo`yildi.

Bundan buyon 15 daqiqadan ko`p bo`lmagan vaqtda zudlik bilan tez tibbiy yordam avtomashinalari tegishli xodimlar bilan etib borishi to`liq ta`minlanadi.

Uchinchi masala fuqarolarimizdan test namunalarini o`z vaqtida olish va ularning javoblarini imkon qadar zudlik bilan chiqarish bo`yicha bor imkoniyatlarni yanada safarbar qilib, test namunalari tahlillarini uzog`i bilan ertasi kuniga chiqarib berish va javoblarni murojaat qilgan fuqarolarimizga o`z vaqtida etkazish choralari ham ko`riladi.

Eng asosiy topshiriqlardan biri shu bo`ldiki, tibbiy dori-darmonlarga, tibbiyot vositalariga bo`lgan ehtiyojni to`laqonli qondirishga alohida e`tibor qaratildi. Bu borada kechaning o`zida prokuratura organlari tomonidan Toshkent shahridagi mavjud 1700dan ortiq dorixonalar rahbarlari rasman ogohlantirildi.

Koronavirusdan profilaktika qilish uchun 5 turdagi va kasallikni davolashga mo`ljallangan 9 turdagi majburiy tartibdagi dori vositalarini kamida 1 oy, yoki 2-3 oylik zaxirasini to`liq ta`minlash va ularni arzon narxlarda aholiga sotish tartibi ham joriy qilindi», – dedi Nig`matilla Yo`ldoshev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1