1

Bo`kada 67 yoshli ayol o`zini yoqib yubordi

Jamiyat 16.07.2020, 12:00
Bo`kada 67 yoshli ayol o`zini yoqib yubordi

8 iyul kuni Bo`ka tumani «Qoraquduq» mahalla fuqarolari yig`ini profilaktika inspektori katta leytenant Farhod Qulmatov o`z hududida xizmat olib borayotgan vaqtida, ushbu mahallada yashovchi 67 yoshli fuqaro M.X. (ayol) o`zini yoqib yuborayotganini ko`rib, darhol olovni o`chirish choralarini ko`radi va fuqaroga birinchi yordam ko`rsatib, uning hayotini saqlab qoladi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xaba bemoqda. 

Tuman markaziy shifoxonasi tomonidan fuqaro M.X. ga, I-II darajali kuyish tashxisi qo`yilgan. Shuningdek, katta leytenant Farxod Kulmatov fuqaroni qutqarayotgan vaqtida, uning o`zida (o`ng ko`l sohasi) ham II-III darajali kuyish jarohati borligi shifoxona ma`lumotnomasida ko`rsatilgan.

Fuqaro M.X. suhbat davomida, oilasida o`zaro kelishmovchilik kelib chiqqani va bundan qattiq ranjiganini aytib, o`z joniga qasd qilish maqsadida o`zini yoqib yuborganini bayon qilgan.

"Hozirda mazkur holat yuzasidan Bo`ka tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda" deyladi xabarda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1