AsosiyJamiyat

Stikerlar almashiriladimi?

'Stikerlar almashiriladimi?'ning rasmi

Davlat xizmatlari agentligining rasmiy sahifalari, ijtimoiy tarmoqlardagi ommaviy guruhlar hamda keng jamoatchilikda  berilgan stikerlar mashina sotilganda, nosoz yoki yaroqsiz holga kelib qolganda almashtirib beriladimi, degan savollar ko`paymoqda, deb yozmoqda Agentlik matbuot xizmati. 

Davlat xizmatlari agentligi ushbu masalaga oydinlik kiritadi.

"Xabaringiz bor, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2020 yil 1 avgustga qadar mamlakatimizda avtotransport harakati cheklandi.Biroq, mashinalar harakatlanishi uchun DXMlar tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin cheklovlari amal qilish davrida qo`llanilishi belgilandi.

Odatda, Markazlarimiz orqali ko`rsatiladigan har bir xizmat aniq reglament asosida amalga oshiriladi.  

Stikerlar berish xizmati esa Maxsus komissiyasining 2020 yil 30 martdagi 13-son yig`ilish Bayoni bilan tasdiqlangan tegishli vaqtinchalik tartibga asosan amalga oshirilgan.

️Mazkur tartibda maxsus ruxsatnoma berilgan mashinalar o`zgarishi munosabati bilan ularni qayta rasmiylashtirish nazarda tutilmagan. Bundan tashqari, Respublika maxsus komissiyaning 2020 yil 8 apreldagi 17-son yig`ilish Bayoniga asosan maxsus komissiyaning 2020 yil 30 martdagi 13-son yig`ilish Bayoni o`z kuchini yo`qotgan.

Davlat xizmatlari markazlari orqali avtotransport vositalariga stikerlar berish 2020 yil 9 apreldan to`xtatilgan" deb vaziyatga aniqlik kiritdi Agentlik. 

Ma`lumot uchun, har bir stiker gologrammalar bilan birgalikda my.gov.uz portali orqali alohida unikal raqam bilan rasmiylashtirilgan. Unga kiritilgan ma`lumotlarga hozirda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan o`zgartirish kiritishning texnik imkoniyati mavjud emas.

    Boshqa yangiliklar