Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu noma`lum shaxsning murdasi 1975 yilda tug`ilgan Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Dabusiya” mahallasida yashovchi T.Y ga tegishli ekanligi aniqlandi.
2020 yilning 15 iyul kuni taxminan soat 10:30lar atrofida Karmana tumani “Kattamachit” MFYda joylashgan Navoiy IESga qarashli suv o`tqazish to`g`oni oldida joylashgan suv o`tqazish joyining oqib o`tuvchi “Zarafshon” daryosi ichidan taxminan yoshi 40-45 lardagi, erkak jinsidagi noma`lum shaxs murdasi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu noma`lum shaxsning murdasi 1975 yilda tug`ilgan Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Dabusiya” mahallasida yashovchi T.Yga tegishli ekanligi aniqlandi.
2020 yilning 12 iyul kuni soat taxminan 20:00 larda, fuqaro O.D ga tegishli bo`lgan Karmana tumani “Ko`xna-qo`rg`on” MFY “Ustashirin” ko`chasida qayniukasi F.P hamda qizi M.G bilan birgalikda oldindan jinoiy til biriktirib, T.Y bilan o`rtalarida kelib chiqqan o`zaro kelishmovchilik natijasida H.R va F.P T.Yning tanasining turli qismlariga yog`och bo`lagi bilan urib, tan jaroxati etkazishadi, H.R T.Yning bo`yin qismidan oyog`i bilan bosib, uni xushsiz holatga keltirgan, kech soat 01:00 larda T.Y ning o`lganligini bilganlaridan keyin, uning jasadini eshak aravaga ortishib, “Ko`xna-qo`rg`on” mahallasi hududidan oqib o`tuvchi “Zarafshon” daryosiga oqizib yuborishadi.
“Mazkur qotillik hech bir fuqaroni befarq qoldirmasligi kerak. Respublikamizda davom etayotgan epidemik vaziyatda bu kabi murosasizlik kimningdir hayotdan ko`z yumishi bilan yakun topishi juda ayanchli va tashvishli holat. Yuqoridagi kabi holatlarga sabab bo`layotgan arzimagan tortishuv va kelishmovchiliklarga barham berish lozim, chunki inson hayotga bir marotaba keladi. Uni xayrli amalllar bilan o`tkazish ham, jinoyat yo`liga kirib o`zini badnom qilish ham uning o`ziga bog`liq. Viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv xodimlarining aniq va tezkorligi sabab mazkur jinoyat ochildi. Aybdorlar qonunda belgilangan tartibda albatta jazosini oladi”-deya fikr bildirdi holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB boshlig`ining birinchi o`rinbosari polkovnik I.Tillaev.






