AsosiySalomatlik

Dokadan qilingan niqobga spirt tomizib yursa koronavirus yuqmaydimi?

'Dokadan qilingan niqobga spirt tomizib yursa koronavirus yuqmaydimi?'ning rasmi

Uy sharoitida dokadan qilingan niqobga spirt tomizib yuring koronavirus yuqmasligini ta`minlaydi, degan videolar tarqalib ketdi. Bu usul qay darajada samarali, agar bunaqa kilib yurilsa spirt paridan zaharlanib qolmaydimi odam?

Aholidan kelib tushgan ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi: 

Aksariyat antiseptik vositalar tarkibidan spirt borligi haqida biz bilamiz va eshitganmiz.  

 Spirt pari bilan nafas olish, yuqori nafas yo`llaridagi virusni o`ldirishi bo`yicha alohida izlanishlar olib borilib, ijobiy tasdiqlangan ma`lumotlar olinganligi haqidagi axborotlarga ko`zimiz tushmadi.

Ammo bilib-bilmay, me`yordan ortiq ishlatish albatta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini hech kim esdan chiqarmasligi kerak.

    Boshqa yangiliklar