AsosiyJamiyat

Toshkent shahri va viloyatida koronavirusga chalingan yangi bemorlar aniqlandi

'Toshkent shahri va viloyatida koronavirusga chalingan yangi bemorlar aniqlandi'ning rasmi

SSV ning ma`lum qilishicha, 2020 yil 16 iyul soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14991 (+204) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 126 nafari Toshkent shahrida (shundan 87 nafari tana harorati ko`tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 39 nafari aholi orasida), 34 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 8655 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 6263 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar