AsosiySalomatlik

Koronavirus bilan o`pka pnevmoniyasi kasalliklari bir biriga bog`liq kasalliklarmi?

'Koronavirus bilan o`pka pnevmoniyasi kasalliklari bir biriga bog`liq kasalliklarmi?'ning rasmi

Aholidan kelib tushgan ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi: 

Pnevmoniya kasalligi bu o`pkaning yallig`lanishi bo`lib, uning yuzaga kelishida sabablar juda ko`p. Ba`zi holatlarda pnevmoniyalar bakterial, virusli, zamburug`li etiologiyali bo`lishi mumkin.

Koronavirus kasalligining eng jiddiy asoratlaridan biri - bu pnevmoniya hisoblanadi. O`zbekistonda qayd etilayotgan koronavirusdan o`lim holatlarining aksariyati aynan ushbu asorat bilan bog`liq.

 

    Boshqa yangiliklar