Rossiyada kasallanganlar soni ko`p bo`lishiga qaramay niqob taqish bekor qilindi. Nega bizda hanuz niqob taqmaganlar jarimaga tortilmoqda??

Jamiyat 16.07.2020, 17:38
Rossiyada kasallanganlar soni ko`p bo`lishiga qaramay niqob taqish bekor qilindi. Nega bizda hanuz niqob taqmaganlar jarimaga tortilmoqda??

Aholidan kelib tushgan ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi: 

Avvalo,ta`kidlash lozimki, Rossiyada niqob taqish butunlay bekor qilingani yo`q.  

Transportda, bozorlar, do`konlar va boshqa aholi to`planadigan joylarda niqob taqish talabi saqlanib qolgan, faqatgina ko`chada yurganda niqob “taqish shart” degan fikr, “taqish shart emas” degan fikr bilan almashtirildi.

Qolaversa, har bir davlat kasallik profilaktikasiga qaratilgan o`zining tartibini belgilaydi va amalga oshiradi.  Bizda esa bu talab saqlanib qolgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1