1

Prezident Shavkat Mirziyoev yangi loyihalar bilan tanishyapti

Siyosat 16.07.2020, 19:42
Prezident Shavkat Mirziyoev yangi loyihalar bilan tanishyapti

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev videokonferensaloqa orqali neft-gaz kimyosi sanoati, elektrotexnika va farmasevtika tarmoqlaridagi yangi loyihalar bilan tanishmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lumki, mamlakatimiz xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlab, ularni monetizasiya qilish yo`lidan bormoqda. Import o`rnini bosuvchi va eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarib, iqtisodiy samaradorlikni oshirish choralari ko`rilmoqda.

Ayni paytda davlatimiz rahbari tarmoq mutasaddilarining taqdimot shaklidagi hisobotlarini tinglamoqda.

Yaqin daqiqalarda ushbu taqdimotlar haqida batafsil xabarlar taqdim etamiz

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1