Toshkentda 67 yashar erkak koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi ma`lum qildi.
Guliston shahrida yashovchi 67 yoshli fuqaro A.A. (erkak) tana haroratining ko`tarilishi, yo`tal, umumiy holsizlik sababli COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan. 5 iyul kuni unda COVID-19 tasdiqlangan va shu kuni Toshkent shahridagi Ibn Sino nomli 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.
12 iyul kuni o`tkir nafas etishmovchiligi hisobiga reanimasiya bo`limiga o`tkazilgan. Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o`tkazilgan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og`irlashib, mutaxassislar tomonidan to`liq hajmda, standart asosida o`tkazilgan reanimasion choralarlarga qaramay, bemor ikki tomonlama pnevmoniya og`ir kechishi, o`tkir nafas etishmovchiligi, o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi sababli vafot etdi.






