2020 yil 16 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15066 (+75) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 57 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 9 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Navoiy viloyatida hamda 3 nafari Farg`ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 95 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 9 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Buxoro viloyatida 3 nafar, jami 128 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 8783 (+128) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (58 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 6208 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






