AsosiyJamiyat

16 iyul kuni mamlakatimizda 485 holatda kasallik qayd etildi

'16 iyul kuni mamlakatimizda 485 holatda kasallik qayd etildi'ning rasmi

SSV xabar berishicha, shu yilning 16 iyul kuni mamlakatimizda 485 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 97 nafari Karantin muassasalarida, 349 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 39 nafari aholi orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahrida, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Namangan, Navoiy, Xorazm hamda Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 128 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 15066 nafar bemordan 8783 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 58 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 6208 nafar bemordan 58 nafari og`ir, 7 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.  

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 57 365 nafar, stasionar karantinda esa 21 779 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo`lib turibdi.  

    Boshqa yangiliklar