Internet tarmog`ida bir guruh erkaklar janjalining vidoyozuvi tarqamoqda.
Mazkur holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB tezkor axborot berdi.
Keltirilishicha, kecha, 16 iyul kuni soat 19.09 da 102 raqamiga Sergeli tumani Yangi Choshtepa massivi qurilish maydonchasining yopiq hududida bir nechta erkaklar o`rtasida janjal yuzaga kelgani haqida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga mazkur tuman IIO FMB xodimlari etib kelishdi. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, janjal 28 yoshli qashqadaryolik O`lmasbek M. va andijonlik 30 yoshli Mansurbek K.lar o`rtasida, qurilish asboblari sababli yuzaga kelgan. Janjalga boshqa ishchilar ham qo`shilganlar.
Hozirgi vaqtda ularning shaxslari aniqlanmoqda. Kelishmovchilik natijasida hech kimga badan shikastlari etmagan. Shu bilan birga, hodisa tafsilotlarini aniqlash uchun Sergeli tumani IIO FMB tomonidan tergovoldi tekshiruvi o`tkazilmoqda. Tekshiruv natijasiga ko`ra hodisaning barcha ishtirokchilarining hatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi. Qurilish ob`ekti ishchilari bilan profilaktik suhbat o`tkazildi.






