AsosiyJamiyat

Sirdaryolik IIB hodimi blok postdan o`tib ketishi uchun haydovchidan sigaret olib kelishini so`radi

'Sirdaryolik IIB hodimi blok postdan o`tib ketishi uchun haydovchidan sigaret olib kelishini so`radi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo`layotgan “Uz GAI. Platny proezd so stikerom cherez blok-post” sarlavhasi ostida tarqalgan video-tasvir yuzasidan, Sirdaryo viloyati IIB  munosabat bildirdi. 

Video tasvirda Koronavirus infeksiyasini Sirdaryo viloyati hududidiga kirib kelishini oldini olish maqsadida Guliston shahar Do`stlik mahallasining Xondamir ko`chasidan Guliston shahar markaziga o`tish joyida vaqtinchalik tashkil etilgan karantin blok postida xizmat olib borayotgan Ichki ishlar organi xodimi video tasvirga olgan fuqaroning stikeri borligi haqidagi vajiga qarmasdan karantin blok postdan o`tib ketishi uchun 2 (ikki) quti “KENT-6” nomli sigaret olib kelishini aytib, fuqaro sigaret olib kelganidan so`ng karantin blok postga xizmatga jalb qilingan Milliy Gvardiya xodimi aytilgan sigaretlarni olib qolib, fuqaroni blok postdan o`tib ketishiga ruxsat berganligi holati aks etgan.

"Mazkur xolat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilib, xizmat tekshiruvi natijasiga ko`ra 3 nafar rahbar xodimlarga nisbatan intizomiy choralar qo`llanilib, 1 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 1 nafar xodim esa Ichki ishlar organlaridan bo`shatildi" deyiladi munosabatda.

 

 

    Boshqa yangiliklar