AsosiyJamiyat

Koronavirus kasalligi simptomlarsiz bo`lgan bemorlar uyda qanday davolanishi kerak?

'Koronavirus kasalligi simptomlarsiz bo`lgan bemorlar uyda qanday davolanishi kerak?'ning rasmi

Kun.uz sayti muxbiri Abror Zohidov Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Odilova bilan suhbatlashdi.

  •  Bemor oila a`zolaridan alohidalanishi, xonaga kirish va chiqish qat`iy chegaralanishi kerak.
  • Xona kuniga 3-4 mahal shamollatilishi yoki deraza oynasi ko`p vaqt ochiq bo`lishi kerak. Kondisionerlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur, chunki ular xonadagi havoni quritish bilan birga, noto`g`ri foydalanilganda shamollashga sabab bo`lishi mumkin.
  • Xonada har 2-3 soatda namli tozalash ishlari o`tkazilishi zarur. Bu bilan bemordan havo tomchi yo`li bilan ajralgan virusni turli sathlarga o`tirib qolishi va shu orqali oilaning boshqa a`zolariga yuqishining oldi olinadi.
  • Bemorning shaxsiy buyumlari (idish-tovoq, sochiq, kiyim-kechak) 60 darajadan yuqori haroratdagi suvda alohida yuvilishi va zararsizlantirilishi kerak.
  • Kuniga 3-5 litrgacha iliq holdagi suyuqlik ichilishi kerak. Bunda sovuq va gazli, shirin ichimliklar qat`iy man qilinadi. Suyuqliklar asosan mineral suv, iliq choy (limonli, zanjabilli, qoqili choy), kompot, turli dorivor o`simliklar damlamasi bo`lishi mumkin.
  • Suyuqlikning ko`p miqdorda berilishi virusning ta`siridagi zaharlanish — intoksikasiyani kamaytirish bilan birga, qonning quyilib qolishiga yo`l bermaydi. Suyuq qon orqali shifobaxsh o`tlar, oziq-ovqat orqali olingan vitamin va minerallar har bir organga to`liq etib boradi.
  • Bemor kuniga kamida 5 mahal ovqatlanishi zarur, bunda soat 11:00 va 16:00da tolma choy beriladi. Asosan suyuq ovqatlar, kuniga 400 grammdan kam bo`lmagan meva va sabzavotlar, sut mahsulotlari va ko`katlarni iste`mol qilishi zarur. Yog`li, qovurilgan, achchiq, sho`r va yarim holda tayyor ovqatlar (hot-dog, gamburger, chips va boshqalar) xamir taomlardan vaqtincha voz kechish kerak.
  • Meva va sabzavotlarga alohida ahamiyat qaratish zarur, chunki ular tabiiy vitaminlar manbai hisoblanib, ayniqsa virus yuqqan davrda tarkibida S vitamini ko`p bo`lgan na`matak, olma, petrushka, ukrop, qizil bulg`or qalampiri, karam kabi darmon bo`luvchi mahsulotlar hamma uchun muhim.
  •  Bemor ertalabki badantarbiya va kun bo`yi 10 daqiqadan bir necha marta oson jismoniy mashqlarni bajarishi kerak. Bu mashqlar orqali organizmda qon aylanishi yaxshilanadi va organlar to`laqonli ishlashi ta`minlanadi.
  • Bemor bu davrda alkogol va tamaki mahsulotlarining zararli ta`siri yana ham ko`p bo`lishini unutmasligi kerak.

    Boshqa yangiliklar