AsosiyJamiyat

Dorixonalardagi vaziyat o`rganildi

'Dorixonalardagi vaziyat o`rganildi'ning rasmi

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi tomonidan 2020 yilning 16 iyul kuni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan uy sharoitida covid-19 infeksiyasini davolash uchun tavsiya etilgan “Azitromisin”, “Plakvenil”, “Lopinavir/Ritonavir”, “Remdesivir”, “Umifenovir” hamda “Favipiravir” dorilarining dorixonalarda sotuvda mavjudligi, ularning narxi yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida monitoring o`rganish davom etdi. Bu haqda Federasiya matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasining tuman (shahar)larida faoliyat ko`rsatayotgan dorixonalar tanlanma usulda o`rganilganda mazkur dorixonalarda Sog`liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tavsiya etilgan dorilarning atigi bittasi “Azitromisin” sotuvda mavjud ekanligi, 6 mingdan so`mdan 30 ming so`mgacha sotilayotganligi ma`lum bo`ldi. Qolgan turdagi dorilar sotuvda mavjud emas.

Andijon viloyatining dorixonalarida ham faqatgina “Azitromisin” preparati sotilmoqda va uning narxi 3 mingdan 36 ming so`mgacha ekan. “Plakvenil” esa viloyatning Andijon shahar, Asaka, Buloqboshi, Qo`rg`ontepa hamda Shaxrixon tumanlaridagi ayrim dorixonalarda  235 migdan 282 ming so`mgacha sotilmoqda. 

Buxoro viloyati hududidagi dorixonalarda “Plakvenil”, “Lopinavir/Ritonavir”, “Remdesivir”, “Umifenovir” hamda “Favipiravir” dorilari sotuvda mavjud emas. Faqatgina “Azitromisin” dorisi sotuvda mavjud bo`lib, mazkur dori narxi 4500 so`mdan 15000 so`mgacha.

Jizzax viloyati hududidagi dorixonalarda ham faqatgina “Azitromisin” sotuda mavjud. Mazkur dori viloyat dorixonalarida 5 ming so`mdan 8 ming so`mgacha sotilmoqda.

Qashqadaryo viloyati hududidagi dorixonalarida olib borilgan o`rganishlar natijasiga ko`ra, “Plakvenil”, “Lopinavir/Ritonavir”, “Remdesivir”, “Umifenovir” hamda “Favipiravir” dorilari umuman sotuvda mavjud emasligi, sotuvda mavjud bo`lgan “Azitromisin” dorisi ishlab chiqarilgan mamlakatiga ko`ra narxida farqlanadi. Mazkur dori vositasi 4 mingdan 38 mingcha sotilmoqda.

“Plakvenil”, “Lopinavir/Ritonavir”, “Remdesivir”, “Umifenovir” hamda “Favipiravir” dorilari viloyat hududidagi dorixonalariga so`ngi uch oydan beri sotuvga olib kelinmayotganligi aniqlandi. Respublikamizning qolgan hududlarida ham shunga o`xshash jarayon bo`lib, “Plakvenil”, “Lopinavir/Ritonavir”, “Remdesivir”, “Umifenovir” hamda “Favipiravir” dorilari sotuvda mavjud emas. So`ngi uch oydan beri tarqatuvchi korxonalar tomonidan etkazib berilmayapti.

“Azitromisin” dori vositasi Navoiy viloyatining dorixonalarida 4 mingdan 12 mingacha sotilayotganligi, ayrim dorixonalarda umuman qolmaganligi kuzatildi. Namangan viloyati hududidagi dorixonalarda 5 ming so`mdan 12 ming so`mgacha, Surxondaryo viloyatida 5 ming so`mdan 12 ming so`mgacha, Sirdaryo viloyati dorixonalarida 6 ming so`mdan 40 ming so`mgacha, Farg`ona viloyatining dorixonalarida 4 mingdan 36 mingacha, Xorazm viloyatida esa 4800 so`mdan 34000 so`mgacha, Toshkent viloyatida 4500 so`mdan 40000 so`mgacha, Toshkent shahrida 6 mingdan 35 mingcha sotilayotganligi aniqlandi.

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanidagi Golden Aziya Farm” korxonasiga qarashli dorixonada “Plakvenil” dorisi 234 ming so`mdan sotilayotganligi kuzatildi. Uning zaxirasi ham 40 dona qutidan iborat.

Federasiya tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida sovid 19 infeksiyasini uy sharoitida davolash uchun zaruriy dori vositalar narx-navosi   doimiy o`rganib boriladi hamda bu borada keng jamoatchilik xabardor qilinadi.

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar