AsosiyJinoyat

Jizzaxlik erkak qarzini qaytarmaslik uchun sport to`garagi tarbiyachisini o`ldirib, ko`mib yubordi

'Jizzaxlik erkak qarzini qaytarmaslik uchun sport to`garagi tarbiyachisini o`ldirib, ko`mib yubordi'ning rasmi

Joriy yilning 12 iyul kuni Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga Zilol mahallasida istiqomat qiluvchi 1982 yil tug`ilgan M.Sh. murojaat qilib, akasi 1964 yil tug`ilgan M.B.ning yo`qolib qolganligini bildirgan.

Fuqaro M.B. maktabgacha ta`lim tashkiloti sport to`garagi tarbiyachisi bo`lib ishlab kelgan. U joriy yilning 8 iyul kuni soat 02:00 lar atrofida mahallasi hududida sport bilan shug`ullanish uchun yugurishga chiqib izsiz yo`qolgan.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar xodimlari tomonidan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari boshlab yuborildi. Natijada Sharof Rashidov tumani, Saraylik mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi 1987 yil tug`ilgan T.A.ning fuqaro M.B.ni bosh va ensa sohasiga qattiq to`mtoq jism bilan urib, Obod mahalla fuqarolar yig`ini ma`muriy binosi ro`parasidagi chuqurga ko`mib yuborgani aniqlandi.

Ma`lum bo`lishicha, fuqaro T.A.ning marhum M.B. dan pul qarzi bo`lgan. Fuqaro qarzdorlikni qaytarmaslik uchun mazkur qotillikka qo`l urgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  

    Boshqa yangiliklar