AsosiyJamiyat

Toshkentda 62 yoshli ayol koronavirusning navbatdagi qurboni bo`ldi

'Toshkentda 62 yoshli ayol koronavirusning navbatdagi qurboni bo`ldi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligigining ma`lum qilishicha, Toshkent shahri Sirg`ali tumanida yashovchi 62 yoshli N.A.da (ayol) joriy yil 8 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va shahar 1-son klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan.  

Kasallik o`tkir nafas hamda yurak qon-tomir etishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar bilan ham og`rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.

 

    Boshqa yangiliklar