AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz” sohadagi xodimlar malakasini oshirish maqsadida “UNG training” ta`lim markazini tashkil etdi

'“O`zbekneftgaz” sohadagi xodimlar malakasini oshirish maqsadida “UNG training” ta`lim markazini tashkil etdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 2019 yilning 9 iyul kuni “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta`minlash, neft-gaz tarmog`ini moliyaviy sog`lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorni imzoladi.

"O`zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu qaror ijrosi yuzasidan, jamiyatda moliyaviy sog`lomlashtirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

Jumladan, Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig`iga asosan, “O`zbekneftgaz” AJ qoshida “UNG training” MChJ yagona ta`lim markazi tashkil qilindi.

“UNG training” MChJning tashkil etishdan asosiy maqsad bu “O`zbekneftgaz” AJ va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning ishchi xodimarini neft-gaz sohasida malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan iboratdir.

“UNG training” MChJ o`quv markazi sobiq “Tarmoqlararo o`quv-kurs kombinati” MChJ hamda “Ta`sis-o`quv” ta`lim markazi MChJ negizida tashkil etilgan bo`lib, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ham o`z bo`linmasiga ham ega.

Ta`kidlash lozimki, “UNG training” o`quv markazi boshqa tashkilotlarning ishchi xodimlariga ham malaka oshirish va qayta tayyorlash servis xizmatlari ko`rsatishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar