O`tgan hafta poytaxtimizda “Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” shiori ostidagi “Yoshlar haftaligi” bo`lib o`tdi. Undan “PROlogue” – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar Respublika festivali ham o`rin olgan.
Mazkur selfi aynan o`sha tadbir mahsuli bo`lib, unda mashhur kinoaktyor va aktrisalar yopilish marosimiga tashrif buyurishganidan foydalanib esdalikka selfi qilishgan. Ushbu suratni aktyor Adiz Rajabov o`zining Instagram’dagi sahifasiga joyladi.





