1

TIQXMMI bitiruvchisiga birinchi QR kodli diplom berildi

Hi-tech 17.07.2020, 20:22
TIQXMMI bitiruvchisiga birinchi QR kodli diplom berildi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan joriy yildan boshlab bakalavr va magistr diplomlariga individual QR-kod qo`yish tizimi hamda uning dasturiy ta`minoti yo`lga qo`yildi.  

Bugun, 17 iyul kuni Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida «Bitiruvchi — 2020» onlayn tadbiri bo`lib o`tdi. Unda rektor O`ktam Umurzoqov mustaqil hayotga qadam qo`yayotgan bitiruvchilarni samimiy tabrikladi.

Tadbirda institutning bakalavr bitiruvchisiga mamlakatimizda birinchi QR kodli V № 00000001 raqamli diplom berildi.

Tadbirda ish beruvchi tashkilotlar nomidan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari U.Begimqulov, “Davergeodezkadastr” qo`mitasi raisi X.Turaxujaev, Suv xo`jaligi vaziri o`rinbosari V.Ahmadjonov,  “O`zsuvqurilish” AJ boshqaruvi raisi R.Umarov va boshqalar bitiruvichlarga omad tilashdi.

Zoom platformasida amalga oshirilgan tadbirni bitiruvchilar qatori ularning ota-onalari ham kuzatib borishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1