Kinorejissyor Sarvar Karimov otasining 63 yoshda koronavirusdan vafot etganini ma`lum qildi: "Bugun dadam qazo qildilar. Koronavirusdan. Lekin tashxis qo`yilmadi. Bir hafta uyda davoladik. 103 ga telefon qilsak, bemorning isitmasi bo`lsa kelolmaymiz deyishdi. Ularni ham tushunaman, na dorisi bor, na himoya vositasi.
Rasmiy statistikaga ishonmang, o`zingiz va yaqinlaringizni asrang", deb yozmoqda kinorejissyor o`z ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.







