AsosiyDunyo

Kolumbiyada o`zini izolyasiya qilish tartibini buzganlar otib o`ldirilyapti

'Kolumbiyada o`zini izolyasiya qilish tartibini buzganlar otib o`ldirilyapti'ning rasmi

Kolumbiyada koronavirus tarqalishi jadallashgani sababli murosasiz jazolash tartibiga o`tildi. Ya`ni mamlakatda joriy qilingan karantin rejimini buzganlarni otib o`ldiruvchi qurolli guruhlar paydo bo`ldi. Hozirgacha o`n kishi ularning qurboni bo`ldi. Bu haqda internet manbalarga tayanib Qalampir yozmoqda.

Bunday qurolli guruhlar Kolumbiyaning 32 shtatidan 11 tasida paydo bo`lgan. Guruh a`zolari mahalliy aholini o`z talablari haqida varaqalar va WhatsApp orqali xabardor qilyapti. Xususan, ular komendantlik soati joriy qilyapti, odamlarning uyidan chiqishiga ruxsat bermayapti, do`konlarning ish vaqtini qisqartiryapti, hududga chet elliklar va boshqa mintaqalardan kelganlarni kiritmayapti.

Qoidalarni buzganlarga tahdid qilinyapti, ba`zida o`ldirilyapti. Hozirgacha bog`da aylanib yurganlar va taqiqlovlarga qarshi bo`lgan birlashma rahbari o`ldirildi.

Kolumbiyadagi jamoat tashkilotlari vahima ko`tarib, hukumatni chekka hududlardagi vaziyatga ta`sir o`tkaza olmaslikda ayblayapti.

Ma`lumot uchun, Kolumbiya dunyoda koronavirus tarqalishi bo`yicha 19-o`rinda bo`lib turibdi. Mamlakatda 165 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan. Ularning 5 814 nafari vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar