AsosiyJinoyat

Namangandagi bosqinchilar: ular 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin

'Namangandagi bosqinchilar: ular 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin'ning rasmi

2020 yil 07 iyul kuni soat 04:00 da To`raqo`rg`on tumani IIBga tushgan xabarga kura, shu kuni soat 03:00 larda “Buramatut” MFY, Yangiobod ko`chasi uylarning biriga 4 nafar noma`lum shaxslar yuzlariga ayollar paypog`ini niqob sifatida kiyib, uyning devor qismini buzish orqali kirib, temir bo`lagi va oshxona pichog`i bilan qurollanib, xonadonda bo`lgan uy egasi, uning turmush o`rtog`i va voyaga etmagan farzandlariga hujum qilib, ularning qo`l va oyoqlarini ip bilan bog`lashadi. 

Temir bo`lagi bilan urib, tan jarohati etkazib, pul berishni talab qilib, xonadonda bo`lgan 11.400 AQSh dollari, 100.000.000 so`m naqd pullarni hamda 61.390.000 so`mlik turli ko`rinishdagi tilla buyumlarini bosqinchilik yo`li bilan talon-toroj qilib, hodisa joyidan noma`lum tomonga yashirinishadi.

Hodisa joyiga zudlik bilan tergov-tezkor guruhi chiqib, holatni sinchiklab o`rganib bir qator izlar va ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olingan.

Bu orda sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib uy egasi I.O`.,da badanida peshona suyagining ochiq sinishi, bosh miya to`qimalarining lat eyishi ko`rinishidagi jarohatlar mavjudligi, turmush o`rtog`i M.X.da esa peshona va ensa sohasida ezilgan jarohatlar mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat bo`yicha noma`lum shaxslarga nisbatan 07.07.2020 yilda To`raqo`rg`on tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.

Olib borilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni 53 yoshli G`.Q., 44 yoshli U.Yu., 29 yoshli J.T. va 35 yoshli Sh.T.lar sodir etilganligi aniqlanib, barchasi prosessual tartibla ushlanganlar.

O`z navbatida G`.Q.,ning yashash manzilidan, tintuv davomida bitmagan xona devorining g`ishtlari orasida 70.000.000 so`m pul, 10.000 AQSh dollari hamda erga ko`mib qo`yilgan tilla taqinchoqlar ashyoviy dalil tariqasida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar