1

Qo`shtepa tumanida "Haj ziyoratiga jo`nataman", deb aldagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 18.07.2020, 11:27
Qo`shtepa tumanida "Haj ziyoratiga jo`nataman", deb aldagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

30 iyun kuni fuqaro I.V. IIBga murojaat qilib, unda  2018 yil yanvar oyida noma`lum shaxs ishonchiga kirib, bir oy muddat ichida Saudiya Arabistoniga Haj ziyoratiga jo`natishda yordam berishini aytib, evaziga 32.000.000 so`m pullarni olib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo`shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ushbu jinoyatni D.Q. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang. Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1