AsosiyDunyo

Koronavirusga chalinganda dastlabki alomatlar nimalar bo`lishiga aniqlik kiritildi

'Koronavirusga chalinganda dastlabki alomatlar nimalar bo`lishiga aniqlik kiritildi'ning rasmi

Ispaniyalik olimlar koronavirusga chalingan kishilarda kasallikning eng dastlabki alomat-sipmtomlari nimalar bo`lishiga aniqlik kiritdi.

“JAMA Dermatology” jurnalida yozilishiga qaraganda, bu boradagi tadqiqotda 40-69 yoshlardagi 21 kishi ishtirok etgan. Ma`lum bo`lishicha, nazorat ostidagilarning 29 foizining og`iz bo`shlig`ida enantema – shilliq qatlamda toshmalar toshishi kuzatilgan. Aytish joizki, bu alomatlar virusga chalinishdan darak beruvchi boshqa barcha alomatlardan anchagina avvalroq namoyon bo`lgan.

Ayni paytda shifokorlar enantemalarning boshqa viruslarning ta`siri tufayli ham paydo bo`lishi mumkinligini istisno tutmagan.

    Boshqa yangiliklar