Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi Musa Erniyazov hamda Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolov koronavirusga chalindi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligining Qoraqalpog`iston Respublikasida koronavirusdan davolanayotgan bemorlar holati xalqaro va mahalliy mutaxassislar tomonidan tahlil qilingani haqidagi xabarda ma`lum qilindi.
Tahlillar davomida Nukus shahridagi klinikada davolanayotgan Musa Erniyazov va Toshkent shahrida davolanayotgan To`ra Bobolovning holati ham o`rganilgan. Bugungi kunda ularning holati stabil deb topilgan.
Xabar berilishicha, kuni kecha Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligidagi bir guruh soha vakillari Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrif buyurishgan. U erdagi mavjud holat o`rganilib, olib borilayotgan profilaktika, epidemiologiya tadbirlarining sifati tanqidiy ko`rib chiqilgan.
Ma`lumot uchun, bugungi kungacha ushbu hududda 275 holatda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, 193 nafari sog`aygan.
Qoraqalpog`istonda ayni paytda 81 nafar bemor davolanayotgan bo`lib, ulardan 9 nafarining ahvoli og`ir.
Foto: O`zA