Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan respublikamizda 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari kuchaytirilishi munosabati bilan joylardagi sanitariya-epidemiologiya vaziyati yuzasidan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmanov aholiga murojaat qilgan edi.
Press-konferensiya shaklidagi murojaatda viloyat aholisiga katta ishonch, tibbiyot xodimlari mehnatiga yuqori baho berar ekan, viloyat hokimi ishni samarali tashkil etish uchun barcha imkoniyatlar yaratib berishini ta`kidlagan edi.
Shunga ko`ra, “Tez tibbiy yordam” xizmati uchun 16 ta “Damas” avtomashinalari keltirildi. Bu haqda viloyat hokimligining axborot xizmati xabar berdi.






