AsosiyJamiyat

Koronavirusning 51-qurboni deyilgan 35 yoshli erkak Muzrabot tumani hokimligida ishlagani ma`lum bo`ldi

'Koronavirusning 51-qurboni deyilgan 35 yoshli erkak Muzrabot tumani hokimligida ishlagani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi shu yilning 9 iyul kuni Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashovchi 35 yoshli S.S. (erkak) “COVID-19” ning og`ir kechishi tashxisi bilan vafot etgani haqida xabar qilgandi. 

"Joriy yil 28 iyun kuni tomog`ida og`riq sezgan, nafas yo`llari yallig`langan. Ammo hech kimga murojaat qilmay, uyida o`zicha davolangan. 2 iyul kuni sog`lig`i yomonlashavergach, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Unda “COVID-19” tasdiqlangan va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” og`ir kechishi tashxisi qo`yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya og`ir kechishi, o`tkir nafas, yurak qon-tomir etishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, semizlik va surunkali pielonefrit kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.  Biroq shifokorlarning reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etgan" deyilgandi SSV xabarida.

Bugun "Daryo" nashri yozishicha, marhumning ism-sharifi Senjar Salomov bo`lib, u Muzrabot tumani hokimligining iqtisodiyot bo`limi boshlig`i lavozimida ish yuritgan. 

Ma`lum bo`lishicha, hokimlik xodimi Sog`liqni saqlash vazirligi axborot bergan kun (9 iyul)dan bir necha kun oldin hayotdan ko`z yumgan.

Sanjar Salomov koronavirusdan vafot etgan Surxondaryodagi uchinchi, O`zbekistondagi 51-bemor bo`lgandi. 

Foto: daryo.uz

    Boshqa yangiliklar