AsosiyJAMIYAT

“Salom, Sardoba, biz birgamiz!” aksiyasi doirasida 120dan ziyod oilaga pul va mebel jihozlari berildi

Joriy yilning 17 iyul kuni “Salom, Sardoba, biz birgamiz!” aksiyasi tashkilotchilari...

'“Salom, Sardoba, biz birgamiz!” aksiyasi doirasida 120dan ziyod oilaga pul va mebel jihozlari berildi'ning rasmi

Joriy yilning 17 iyul kuni “Salom, Sardoba, biz birgamiz!” aksiyasi tashkilotchilari tomonidan Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlarida yashovchi aholiga moddiy yordam, mebellar jamlanmasi va nogironlik aravachalari topshirildi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati axborot xizmati xabar berdi. 

Adliya vazirligi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan Prezident Xalq qabulxonasi ko`magida amalga oshirilgan ushbu aksiya shu yilning may oyi boshida “Sardoba” suv omborida yuz bergan texnogen fojia natijasida talofat ko`rganlarga ko`mak ko`rsatish maqsadida ish boshlagan edi.

Aksiya mobaynida to`plangan barcha mablag`lar, buyumlar kecha sirdaryoliklarga topshirildi. Jumladan, 24 nafar fuqaroga 5 mln so`m, 12 nafar fuqaroga 3 mln so`m mablag`i bo`lgan plastik kartalar, olti kishiga nogironlik aravachalari berildi. 90 dan ziyod oilaga homiylar tomonidan mebellar jamlanmasi topshirildi.   

Qolaversa, to`plangan mablag`lar evaziga umumta`lim maktablari kutubxonalarini kerakli kitoblar va darsliklar bilan ta`minlash, shuningdek, davlat maktabgacha ta`lim muassasalari binolarini ta`mirlash rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar