AsosiyJamiyat

Guliston tumanida 69 yoshli, Zangiota tumanida 55 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

'Guliston tumanida 69 yoshli, Zangiota tumanida 55 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi koronovirusga chalinib, vafot etgan yana ikki nafar hamyurtlarimiz haqida ma`lum qildi. 

Ularning biri Sirdaryo viloyati Guliston tumanida yashagan 69 yoshli T. S. (erkak). Unda 11 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.

Bemorga miokard infarkti, COVID-19 infeksiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Bundan avval 29 iyun kuni bemor miokard infarkti tashxisi bilan Guliston tumani markaziy shifoxonasida davolangan. Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining va semizlikning 3-darajalari borligi aniqlangan.

Ushbu hamroh kasalliklar fonida tashxis qo`yilgan kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og`irlashgan bemor, reanimasion choralarga qaramasdan, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etgan.

Ikkinchi bemor esa Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashagan 55 yoshli U. A. (erkak). U 16 iyul kuni Zangiota tumanidagi “Nazarbek” yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o`ta og`ir ahvolda olib kelingan.

Bemorda COVID-19 infeksiyasining o`ta og`ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniyaning o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, poliorgan etishmovchiligi asoratlari kuzatilgan.

17 iyul kuni hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og`irlashgan.  O`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligining 4-darajasi hamda poliorgan etishmovchiligidan vafot etgan.

Hozirgi vaqtga qadar O`zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar rasman 83 nafarga etgan. 

    Boshqa yangiliklar