AsosiyJamiyat

Respublikamizda 118 ta yangi kasallanish holati qayd etildi, sog`ayganlar 9 127 nafarga etdi

'Respublikamizda 118 ta yangi kasallanish holati qayd etildi, sog`ayganlar 9 127  nafarga etdi'ning rasmi

2020 yil 18 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 186  nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlari 118 taga ko`paygan. Ularning 40 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 31 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 25 nafari Buxoro viloyatida hamda 22 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

18 iyul kuni Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 31 nafar, Namangan viloyatida 55 nafar, Andijon viloyatida 33 nafar hamda Navoiy viloyatida 5 nafar, jami 124 nafar bemor tuzaldi. Yurtimizda 9 127  nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog`aygan. 

Hozirda 6 976 nafar bemor davolanmoqda. 

    Boshqa yangiliklar