1

O`zbekiston tomonidan yuborilgan 25 tonnalik gumanitar yordam Pokistonga etkazildi

Siyosat 19.07.2020, 14:14
O`zbekiston tomonidan yuborilgan 25 tonnalik gumanitar yordam Pokistonga etkazildi

O`zbekiston prezidenti nomidan yuborilgan 25 tonnalik gumanitar yordam Pokistonga etkazildi. Tibbiy niqob, oyoq himoya vositalari, pirometrlar, kalsiy glyukonat, kalsiy xlorid, magniy sulfat, natriy xlorid, novokain kabi dorilar mavjud zaxiralar hisobidan etkazib berilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev topshirig`iga asosan insonparvarlik yordami Pokiston Islom Respublikasiga etkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur tibbiy uskunalar, buyumlar va dori vositalari shaklidagi yuk Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan mamlakat Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida Islomobodga olib borildi.

Uzbekistan napravil Pakistanu gumanitarnuyu pomosh

Tibbiy niqob, oyoq himoya vositalari, pirometrlar, kalsiy glyukonat, kalsiy xlorid, magniy sulfat, natriy xlorid, novokain kabi dorilar mavjud zaxiralar hisobidan etkazib berilgan. Mahalliy korxonalar himoya ko`zoynagi, tibbiy qo`lqop, respirator va antiseptik vositalar taqdim etgan.

O`z navbatida, O`zbekiston ko`rsatgan ko`mak Pokiston jamoatchiligi tomonidan iliq qarshi olindi va ushbu mamlakat ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1