Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda shifoxona o`likxonasi tasvirlangan videolavha tarqaldi. Bu lavha bo`yicha "AntiFake.uz" rasman raddiya bildirgan edi.
Unda murdalarni vaqtincha saqlash xonasi (eshikda shunday ruscha yozuv bor) va yo`lakda qora plyonkalarga o`ralgan, polga yotqizib qo`yilgan 20-25 chog`li murdani ko`rish mumkin. Ularning ayrimlari plyonkaga o`ralmagan, alohida xonaga kiritilmagan ham.
Mazkur videolavha ortidan alohida ovozli xabar ham tarqalgan va unda erkak kishi “Jukovskiy shifoxonasida juda ko`pchilik COVID-19'dan o`lyapti. Mana, hozir qaynonamning ham joni uzildi. Olib chiqyapmiz. Ehtiyot bo`linglar”, – deydi.
Bu holat bo`yicha SSVning javobi quyidagicha:
– Videolavhadagi holat O`zbekistonda yuz bermagan, ayrim ma`lumotlarga ko`ra qo`shni davlatlardan biridagi tasvir bu.
O`zbekistonning biror shifoxonasida, jumladan yuqorida tilga olingan tibbiy markazda bunday joy yo`q va murdalar bunaqa tarzda saqlanmaydi.






