AsosiyJinoyat

Dori vositalarini Qozog`istonga noqonuniy olib chiqib ketayotgan "tadbirkorlar" qo`lga tushdi

'Dori vositalarini Qozog`istonga noqonuniy olib chiqib ketayotgan "tadbirkorlar" qo`lga tushdi'ning rasmi

2020 yil 8 iyul kuni soat 01:50 larda Toshkent viloyat bojxona boshqarmasiga qarashli «Navoiy» chegara bojxona postidan Qozog`iston Respublikasi fuqarosi A.J. (erkak) O`zbekiston Respublikasidan Qozog`iston Respublikasiga o`tish uchun davlat raqami 578 FSB 13 bo`lgan «GAZ 3302 288» rusumli avtotransport vositasini boshqarib kelib, post hududida bojxona nazoratiga oid tartib-tamoyillarga rioya qilmasdan, bojxona chegarasi rejimi talablariga ochiqdan-ochiq bo`ysunmay, Qozog`iston tomonga chiqayotganida, bojxona xodimlari tomonidan neytral hududda to`xtatildi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.

Avtotransport vositasi ko`zdan kechirilganda mashinaning yukxonasida hech qanday yuk-kuzatuv hujjatlarsiz umumiy qiymati 95 478 040 so`mlik jami 24 dona karton qutilariga joylashtirilgan «Parasetamol», «Avifloks 500mg/100», «Ulkaril 400mg», «Amizon 0.25» va shunga o`xshash 46 turdagi dori vositalarini Qozog`iston Respublikasiga olib o`tmoqchi bo`lganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

A.J.ga nisbatan 2020 yil 17 iyul O`zbekiston Respublikasi JKning 182-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va tergov harakatlari Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
 

    Boshqa yangiliklar