AsosiyDUNYO

Farg`onaga Janubiy Koreyadan 5 daqiqada infeksiyani aniqlaydigan ekspress-testlar olib kelindi

Farg`ona viloyatiga Janubiy Koreyadan koronavirus infeksiyani aniqlovchi 4 ming dona ekspr...

'Farg`onaga Janubiy Koreyadan 5 daqiqada infeksiyani aniqlaydigan ekspress-testlar olib kelindi'ning rasmi

Farg`ona viloyatiga Janubiy Koreyadan koronavirus infeksiyani aniqlovchi 4 ming dona ekspress-test olib kelindi.Bu haqda O`zA xabar berdi.

Mazkur testning afzalligi shundaki, u tezkor va aniq bo`lib, natijasi 5-10 minutda ma`lum bo`ladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda koronavirusni aniqlash maqsadida PZR-diagnostika, ya`ni, polimeraz zanjiri reaksiyasi usulidan foydalanilmoqda. Bu tekshiruvning eng qisqasi -6-8 soatni tashkil etadi. Ba`zan 5-6 kun ham test natijasini kutish holatlari uchrab turibdi. Bugungi kunda viloyatlarda yuk tashuvchi haydovchilar ko`proq shu muammoga duch kelib, bir necha kunlab test natijasini kutishga to`g`ri kelyapti. Endilikda bunga aslo hojat qolmadi.

photo_2020-07-19_17-41-34.jpg

Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`aniev yaqinda Janubiy Koreyaga qilgan xizmat safari chog`ida mutaxassislar bilan muloqotda koronavirusni aniqlovchi ekspress-testlarlarni viloyatga olib kelish borasida kelishuvga erishgandi. Bugun viloyatga test to`plamlarining dastlabki qismi olib kelindi.

Mazkur ekspress-test nafaqat koronavirusni yuqtirganligini aniqlab beradi, balki ilgari bemor bu kasallikka duchor bo`lgan yoki bo`lmaganni ham ko`rsatadi. Eng asosiysi, vaqt tejaladi. Ayni kunlarda bu ekspress-testlardan chegara-nazorat o`tkazish maskanlari, yirik tashkilot va korxonalarda foydalanish boshlandi.

photo_2020-07-19_17-41-37.jpg

    Boshqa yangiliklar