AsosiySalomatlik

Koronavirus bolalarda nega kuzatilmaydi, kimlar tez kasallanadi, qanday qilib tuzalish mumkin? Anestizolog tushuntirdi

'Koronavirus bolalarda nega kuzatilmaydi, kimlar tez kasallanadi, qanday qilib tuzalish mumkin? Anestizolog tushuntirdi'ning rasmi

Bugun butun dunyo, xususan, O`zbekiston ham koronavirusning ikkinchi to`lqinini boshdan kechirayotgan bir paytda infeksiya bilan bog`liq har qanday ma`lumot kun tartibiga chiqqan.  Buxoro viloyati Romitan tibbiyot birlashmasi anestizolog, reanimatologi ushbu xastalikka kimlar tez chalinishi va undan qanday qutulish mumkinligi borasida o`z tavsiya va tushuntirishlarini berdi. 

"COVID-19 bu shunday viruski, insonning qo`rquv va depressiyaga uchrashi natijasida organizm immun tizimining izdan chiqishi sababidan inson tanasida tez ko`payib, rivojlanib, o`pkani fibroziga, qon tomirlar tromboziga va oxir-oqibat og`ir nafas etishmovchiligi, hatto o`limiga olib kelishi mumkin.

Ushbu kasallik bolalarda kam uchraydi. Chunki bolalarni depressiyaga tushirish qiyin. Aqli zaif odamlarda ham uchramaydi. Chunki ular kasallik, epidemiyani fahmlamaydi.  

Davolash jarayonida kuzatdimki, bemorni depressiyadan chiqarsangiz bemor tuzalishni boshlaydi. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash jarayonida ham qo`rqmaslik juda muhim. Inson qo`rqqanida immun tizimi pasayadi.  

Koronavirus haqidagi ma`lumotlar: shifoxonalarda joyning kamligi, dorixonalarda dori vositalarning yo`qligi bemorlarning qo`rquvini kuchaytirmoqda.  

Kasallikning boshlanishi uchun isitma qilgan bemor bilan ko`rishishning o`zi etarli. Shundan so`ng, qo`rquv paydo bo`lib tana harorati 37,5-37,6 ga ko`tariladi. Odamlar esa vahimaga tushib, uch-to`rt xil antibiotik ichgach disbakterioz boshlanib ketadi. Kerakli ozuqa moddalari ichakdan so`rilmasligi natijasida kasallik yanada kuchayadi. COVID-19 bemorni davolashda bemorlarni depressiyadan chiqarsangiz etarli.  

Xulosa qilib aytganda, ushbu kasallik asosan vahimaga tushgan, o`ta qo`rqqan yoki tushkunlikka tushgan insonlarda kuzatilmoqda. Kasallikdan qo`rqmang! Agar qo`rquvni boshqara olmayotgan bo`lsangiz oz miqdorda bo`lsa ham antidepressant dori vositalaridan birini qabul qiling", - deyiladi Sport va salomatlik targ`ibotchisi Rashid Usmonovning telegram kanali orqali e`lon qilingan ma`lumotlarda.

    Boshqa yangiliklar