AsosiySiyosat

Talabalar yotoqxonalari va yopiq sport maydonlarini koronavirusga chalingan bemorlarni joylashtirish uchun moslashtiriladi— Shavkat Mirziyoev

'Talabalar yotoqxonalari va yopiq sport maydonlarini koronavirusga chalingan bemorlarni joylashtirish uchun moslashtiriladi— Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Shu munosabat bilan qisqa muddatlarda ushbu kasallikka chalinganlarni davolash uchun yaratilgan qo`shimcha o`rin-joylar sonini, birinchi navbatda oliygohlar yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari va boshqa sig`imi katta bino-inshootlar hisobiga, kamida ikki-uch barobarga oshirilishini ta`minlash vazifasi qo`yildi.

Shuningdek, “O`zekspomarkaz” milliy ko`rgazmalar majmuasida ushbu virusga shubhali bo`lgan bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatuvchi 500 o`rinli Taqsimlovchi markaz tashkil qilinmoqda.

Xususiy klinikalarga ham bunday bemorlarga tibbiy yordam ko`rsatishga ruxsat berildi va hozirda ularning ro`yxati tuzilmoqda.

Poytaxt viloyatida koronavirus kasalligi gumonlangan shaxslarni davolash va nazoratini olib borish uchun 905 shifo o`rin, diagnozi tasdiqlanganlar uchun 210 o`rin stasionar shifoxonalar faoliyat ko`rsatmoqda va qo`shimcha 350 zaxira o`rin tayyorlab qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar